Samsung Galaxy A56 smartfoni, 8/128 GB, grafit rang

Brend: Samsung

Artikul: P-0952167 Sotuvda mavjud
4 972 400 so'm / dona
  • To'lov: Naqd, Pul o'tkazish, UzCard terminal, HUMO terminal
  • Yetkazib berish: Standart yetkazib berish, Tezkor yetkazib berish
Tavsifi

Mahsulot tavsifi

Yangi va zamonaviy dizayn
Galaxy A56 5G bilan tanishing. Qalinligi 7,4 mm va og‘irligi 198 g bo‘lgan Galaxy A56 5G qo‘lda qulay ushlanadi. Yaxshilangan kameralar yangi chiziqli dizaynda joylashtirilgan. Galaxy A56 5G to‘rtta rangda taqdim etiladi: grafit, och kulrang, zaytun rang va pushti.

Aylantiring va toping
Galaxy A56 5G’da Google bilan «Aylantirib qidirish» funksiyasi mavjud. Ekrandagi obyekt yoki matnni shunchaki aylantiring, belgilang yoki bosing — Google qidiruv natijalari darhol paydo bo‘ladi.

Suratlarni san’at asariga aylantiring
Object Eraser funksiyasi fonidagi keraksiz obyektlarni avtomatik aniqlab, o‘chiradi va joyini to‘ldirib, mukammal surat yaratadi.

Siz uchun yaratilgan filtrlаr
O‘zingizga mos filtr yarating yoki foto va videolarga retro plyonka effektini qo‘shing.

Videolarni yaratish juda oson
Yuqori sifatli videolarni hech qanday qiyinchiliksiz yarating.

Hammaga yoqadigan suratlar
Harakatdagi suratlarda odamlarning eng yaxshi yuz ifodalarini tanlab, ideal guruh fotosuratini yarating.

Xotiralarni eng mayda tafsilotlarigacha saqlang
Yangilangan 50 MP kamera yordamida a’lo sifatli foto va videolar oling. Kamera osmon, teri, yuz, soch va maysani aniqlab, tasvir sifatini darhol yaxshilaydi.

Ajoyib selfi-videolar
Super HDR rejimida kundalik hayotingiz va sarguzashtlaringizni yorqin videolarda tasvirga oling. Galaxy A56 5G old kamerasi yuqori aniqlikdagi selfi-videolar uchun rang va kontrastni mukammal darajada uzatadi.

Tunni videoda mukammal aks ettiring
Galaxy A56 5G’ning yangilangan kameralari ko‘proq yorug‘likni qabul qilib, kam shovqinli va yuqori aniqlikdagi tungi rejimni ta’minlaydi.

Yorqin va tiniq selfilar
12 MP yaxshilangan old kamera yordamida tabiiy, tiniq va xiralashmagan selfilar bilan bo‘lishing.

Yangi avlod protsessori bilan o‘ynang va yuting
Yangilangan sakkiz yadroli protsessor yuqori unumdorlikni ta’minlaydi. Kuchaytirilgan sovitish tizimi va 128 GB gacha xotira ko‘p vazifali ishlash, video tomosha qilish va o‘yin o‘ynashni yanada osonlashtiradi.

Qiziqarli o‘yinlar uchun katta displey
6,7 dyuymli FHD+ Super AMOLED displey yordamida kontentga to‘liq sho‘ng‘ing. Vision Booster texnologiyasi 1200 nit yorqinlik bilan har qanday yorug‘likda aniq tasvirni ta’minlaydi.

Kun bo‘yi tomosha qilish uchun katta batareya
5000 mA·soat (odatiy) sig‘imli batareya Galaxy A56 5G’da 29 soatgacha video tomosha qilish imkonini beradi.

Yuqori darajadagi mustahkamlik
Mustahkam metall rom va Corning® Gorilla® Glass Victus®+ oynasi Galaxy A56 5G’ga nafis ko‘rinish va yuqori himoya beradi. IP67 himoya darajasi esa qurilmani chang va suv sachrashidan himoyalaydi.

To'lov
Naqd

Naqd pul miqdorida

Pul o'tkazish

Payme MBank-ni bosing

UzCard terminal

Uzcard terminali

HUMO terminal

Humo terminali

Yetkazib berish
Standart yetkazib berish

Standart yetkazib berish

  • Yetkazib berish narxi

    Bepul

  • Yetkazib berish hududi

    O'zbekiston: barcha hududlar

Tezkor yetkazib berish

Tezkor yetkazib berish

  • Yetkazib berish narxi

    Pullik: 60 000 сум

  • Yetkazib berish hududi

    O'zbekiston: barcha hududlar

0 0
Natija (0) Barcha mahsulotlar